Van Deyk: «G'alaba qozonish odatga aylanishi kerak»
20 OKTYABR, 2026, 16:42
«Liverpul» sardori Virjil van Deyk jamoadoshlarini o'z maydonidagi ustunlikdan unumli foydalanishga va g'alabalarni odatga aylantirishga chaqirdi.
Mersisaydliklar «Enfild» stadionida ketma-ket to'rtta uchrashuv o'tkazadi. Ushbu seriya bugun kechqurun Chempionlar ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi bahs bilan boshlanadi.
Niderlandiyalik himoyachi o'yinoldi dasturidagi murojaatida «Manchester Siti»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan keyin LASK va «Brentford» ustidan safarda qozonilgan g'alabalarning ahamiyatini ta'kidladi.
Uning fikricha, «Liverpul» ushbu ijobiy natijalardan ruhlanib, o'z maydonidagi o'yinlarda ham g'alabali yurishni davom ettirishi kerak.
«Futbolda g'alaba qozonish — bu odat. Biz barchamiz aynan shu odatni shakllantirishni istaymiz», — deb yozdi van Deyk.
Sardorning ta'kidlashicha, jamoa barqaror o'yin namoyish etadigan va raqiblar uchun mag'lub etish qiyin bo'lgan jamoaga aylanish ustida ishlamoqda.
«Liverpul» joriy mavsumda Chempionlar ligasining dastlabki ikkita uchrashuvida ham g'alaba qozongan.
Shuningdek, Virjil van Deyk «Liverpul» sardori sifatida 200 ta uchrashuvda maydonga tushish marrasiga etdi. Ushbu o'yinlarning 150 tasi Angliya Premer-ligasiga to'g'ri keladi.
