Mourino: «Hech kimning asosiy tarkibdagi o'rni kafolatlanmagan»
20 OKTYABR, 2026, 16:36
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Vinisius Juniorning asosiy tarkibdagi o'rni xavf ostida qolgan-qolmagani haqidagi savolga javob berdi.
So'nggi paytlarda braziliyalik vingerning o'yin saviyasi pasaygani va Yan Diomandening muvaffaqiyatli harakatlari fonida Vinisiusning jamoadagi mavqei muhokama qilinmoqda.
«Hech kim daxlsiz emas. Menga daxlsiz futbolchi degan tushuncha yoqmaydi.
Futbolchini daxlsiz qiladigan yagona narsa — uning maydondagi o'yini», — dedi Mourino.
Portugaliyalik mutaxassis, shuningdek, Vinisius ertaga Chempionlar ligasi doirasida «RB Leyptsig»ga qarshi uchrashuvda chap qanotda harakat qilishini tasdiqladi.
Biroq u Yan Diomandening mazkur bahsda ishtirok etish-etmasligiga aniqlik kiritmadi.
«Ertaga Vinisius chap qanotda o'ynaydi. Yan esa ertaga maydonga tushadimi yoki yo'qmi, buni hatto o'zi ham bilmaydi. Endi o'zingiz tasavvur qilib ko'ring», — deya qo'shimcha qildi Mourino.
