Konate hakamlik borasida fikr bildirdi
20 OKTYABR, 2026, 16:36
Madridning «Real» klubi himoyachisi Ibraima Konate Ispaniya chempionatidagi hakamlik va «Barselona» bilan bog'liq bahsli masalalar haqida fikr bildirdi.
— «Real» va «Barselona» ishtirokidagi uchrashuvlarda hakamlik farq qiladimi?
«To'g'risini aytsam, bu borada omadimiz unchalik kelmadi. Men «Negreyra ishi» haqida ham ayrim ma'lumotlarni o'qidim.
Ammo men bu erga futbol o'ynash uchun kelganman. Biz butun e'tiborimizni aynan futbolga qaratishimiz kerak.
Shu bilan birga, ba'zida hakamlarning qarorlari borasida omadimiz kelmaganini ham inkor etib bo'lmaydi», — dedi Konate jurnalistlarga.
Avvalroq «Real» Ispaniya La Ligasining 9-turida «Sevilya»ni 4:1 hisobida mag'lub etib, turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarildi.
Madridliklar hisobida 21 ochko mavjud.
25 oktyabr kuni «Real» safarda «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.
