Mourino: «Klubning bizdan kutayotgan natijalari qanchalik yuqori ekanini tushunaman»
20 OKTYABR, 2026, 16:24
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoani o'zi istagan darajaga olib chiqish uchun hali vaqt kerakligini ta'kidladi.
«Oldinda hali uzoq yo'l bor. «Real»ga kelganimga atigi 3–4 oy bo'ldi. Hozirning o'zida biz xohlagan darajaga chiqib olishning imkoni yo'q.
Klubning talablari va bizdan kutayotgan natijalari qanchalik yuqori ekanini juda yaxshi tushunaman.
Men avval ham bu erda uch yil ishlaganman. Shu sababli «Real»da vaziyat qanday bo'lishini va nimalar talab qilinishini juda yaxshi bilaman», — dedi Mourino.
