logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Yuventus" Spalletti o'rniga yangi murabbiyni tanladi

 20 OKTYABR, 2026, 16:12

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiy masalasida qaror qabul qildi. Luchano Spallettiga vaziyatni to'g'rilash uchun yana bir nechta o'yin imkoniyat beriladi. Agar natijalar yaxshilanmasa, u iste'foga chiqariladi.

Repubblica nashri ma'lumotlariga ko'ra, "Yuventus" Spalletti ishdan bo'shatilgan taqdirda uning o'rnini egallaydigan murabbiyni allaqachon tanlab qo'ygan. Bu — Stefano Pioli. U mavsum oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanadi. Piolining kelajagi bo'yicha yakuniy qaror esa mavsumlar oralig'ida qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, "Yuventus" Antonio Konteni taklif qilishni rejalashtirmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ