Ten Xag «Manchester Yunayted»ga Deklan Raysni olib kelmoqchi bo'lganini aytdi
20 OKTYABR, 2026, 16:06
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya klubida ishlagan davrida Deklan Raysni o'z jamoasiga olib kelmoqchi bo'lganini ma'lum qildi.
Niderlandiyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, o'sha paytda «Vest Xem» yarim himoyachini qo'yib yuborishni istamagan. Biroq ten Xag transferni amalga oshirish uchun ko'proq harakat qilish mumkin bo'lgan, deb hisoblaydi.
«Biz Deklan Raysni «Manchester Yunayted» safida ko'rishni istagandik. Muammo shunda ediki, «Vest Xem» uni qo'yib yuborishni xohlamasdi.
Ammo menimcha, kelishuvga erishish uchun ko'proq sa'y-harakat qilishimiz mumkin edi», — dedi ten Xag The Athletic nashriga bergan intervyusida.
2023 yilda Deklan Rays «Vest Xem»dan «Arsenal»ga ko'chib o'tgan. Londonliklar yarim himoyachining transferi uchun 116 million evro to'lagan.
Erik ten Xag 2022–2024 yillarda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Ushbu davr mobaynida niderlandiyalik mutaxassis jamoa bilan ikkita sovrinni qo'lga kiritgan.
