Beshta top-klub Trent Aleksander-Arnoldni o'z safiga qo'shib olmoqchi
20 OKTYABR, 2026, 16:00
Trent Aleksander-Arnold o'yin amaliyoti etishmayotgani sababli "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchiga talab yuqori. Jumladan, "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Bavariya" Trentni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, "Liverpul" ham himoyachini transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Trent Aleksander-Arnold 2025 yilda Angliyani tark etgan edi. U "Liverpul" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
