Luis Enrike "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan Yamaldan xavotirda
20 OKTYABR, 2026, 14:54
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Barselona" vingeri Lamin Yamal bo'lajak Chempionlar ligasi uchrashuvida uning jamoasiga ko'plab muammolar tug'dirishidan xavotirda. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, bunga asosiy sabab — avvalroq jarohat olgan asosiy himoyachi Nunu Mendeshning maydonga tusha olmasligidir. Mutaxassis Lyuka Dinning Yamalni to'xtata olishiga shubha bilan qaramoqda. Shu bois, xabar qilinishicha, u yana bir nechta futbolchiga yosh ispaniyalik vingerni qo'riqlash vazifasini topshirgan.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasidagi "PSJ" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv bugun, 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
