"Real" Joze Mourinoga qat'iy ultimatum qo'ydi
20 OKTYABR, 2026, 14:48
Madridning "Real" klubi Joze Mourinoga qat'iy ultimatum qo'ydi. Mutaxassis yaqin vaqt ichida ishdan bo'shatilishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk portali xabar bermoqda.
"Real" prezidenti Florentino Peres Mourinoga mavjud vaziyatni to'g'rilash uchun ikkita o'yin muhlat berdi. Agar "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasida "Leyptsig"ga va Ispaniya La Ligasida "Barselona"ga mag'lub bo'lsa, Joze ishdan bo'shatiladi.
Avvalroq "Real" rahbariyati Mourinoning ishidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Klub mutasaddilari murabbiyga, jumladan, transferlar masalasida ham katta erkinlik berishgan. Shu sababli ular jamoa natijalaridagi ijobiy o'zgarishlarni darhol ko'rishni kutgan.
