Mareska: «Gexi — «Manchester Siti»ning etakchilaridan biri»
20 OKTYABR, 2026, 14:42
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa himoyachisi Mark Gexining etakchilik fazilatlari haqida fikr bildirdi.
«Etakchilarning turli xillari bo'ladi. Kimdir ko'p gapiradi, ammo Gexi — kamgap etakchi. Unda etakchilik qilish uchun zarur bo'lgan barcha fazilatlar bor. U allaqachon “Manchester Siti”ning to'rt nafar kapitanidan biri», — dedi Mareska Football on TNT Sports nashriga.
Gexi 2026 yil boshida “Manchester Siti” safiga qo'shilgan. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olganda 10 ta uchrashuvda ishtirok etib, bir gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
20 oktyabr kuni “Manchester Siti” Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida Gretsiyaning AEK jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
