Eze "Arsenal"dagi holatidan norozi
20 OKTYABR, 2026, 14:42
Yarim himoyachi Eberechi Eze Londonning "Arsenal" klubidagi hozirgi holatidan norozi. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda.
"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchiga "o'nlik" pozitsiyasida o'ynash uchun etarlicha ishonch bildirmayapti. Shuningdek, murabbiy uni hujumning chap qanotida o'ynatish borasida ham bir qarorga kelmagan. Eze esa London jamoasida zaxira futbolchisi maqomida qolayotganidan xafa.
28 yoshli angliyalik futbolchi o'tgan yilning yozida "Arsenal"ga o'tgan. Eberechining shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 60 million evro deb baholanmoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Angliya Premer-ligasida beshta uchrashuvda maydonga tushdi.
