logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Buffon: "Yildiz, Tyuram va Lokatellining yo'qotilishi — Italiya terma jamoasidan men, Nesta va Pirloni olib tashlash bilan barobar"

 20 OKTYABR, 2026, 14:36

Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon Turinning "Yuventus" klubidagi inqiroz haqida fikr bildirdi. "Keksa sinora" so'nggi uchrashuvida o'z maydonida Rimning "Latsio" klubiga 0:3 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi.

"Yuventus"ning tarkibi eng kuchli emas edi. Agar jamoadan Yildiz, Tyuram va Lokatellini olib tashlasangiz, bu Italiya terma jamoasidan Totti, Nesta, Pirlo va meni olib tashlash bilan bir xil bo'ladi. Jamoani qayta qurish kerak, ammo hozir buning uchun hech qanday imkoniyat yo'q", — deya Buffonning so'zlarini keltirmoqda Gazzetta dello Sport.

Italiya chempionatining etti turidan keyin Turin jamoasi 11 ochko bilan turnir jadvalining sakkizinchi o'rnida bormoqda. Luchano Spalletti shogirdlari peshqadam "Inter"dan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ