"Barselona" vingerini qaytarishi mumkin
20 OKTYABR, 2026, 14:36
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Betis" vingeri Abde Ezzalzulining o'yinini yuqori baholadi.
Diario SPORT nashri xabar berishicha, nemis mutaxassisi 24 yoshli marokashlik futbolchining o'yiniga anchadan beri qoyil qoladi. Ta'kidlanishicha, "Barselona" avvalgi transfer oynalarida vingerni jamoaga qaytarish imkoniyatini ham o'rganib chiqqan.
Avvalroq "Barselona" Ispaniya La Ligasining to'qqizinchi turida "Betis"ni yirik hisobda mag'lub etgan edi. Uchrashuv 5:2 hisobida yakunlangan. Sevilya jamoasi safidagi ikki goldan birini Abde kiritdi.
Qayd etish joizki, Abde 2021 yildan 2023 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan. Keyinchalik u 7,5 million evro evaziga "Betis"ga o'tgan.
