logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ten Xag Keynni "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi bo'lgan

 20 OKTYABR, 2026, 14:30

"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasida hujumchi Xarri Keynni ko'rishni istaganini ma'lum qildi.

"Men rahbariyatga faqat bitta futbolchini — Keynni sotib olishni xohlayotganimni aytdim. Uning "Manchester Yunayted"ga o'tishga juda ijobiy munosabatda bo'lganini eshitgandim, ammo biz u bilan bu masalani hech qachon muhokama qilmaganmiz. Oxir-oqibat nima bo'lganini bilmayman", — deya ten Xagning so'zlarini keltirmoqda The Athletic.

Keyn faoliyatining katta qismini "Tottenxem"da o'tkazgan. 2023 yilning yozida hujumchi Myunxenning "Bavariya" klubiga ko'chib o'tgan. Transfer qiymati 95 million evroni tashkil etgan.

Avvalroq niderlandiyalik mutaxassis "Manchester Yunayted" rahbariyatini yolg'on gapirishda ayblagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ