Ten Xag "MYu"ga "Barselona"ning hozirgi yulduzini qanday olib kelmoqchi bo'lganini aytdi
20 OKTYABR, 2026, 14:30
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongning mankunianliklar safiga o'tmagani haqida gapirdi.
"Men muzokaralarning moliyaviy qismida ishtirok etmaganman. Ammo, albatta, transfer amalga oshishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. De Yong bilan uchrashuvlar tashkil qildim, uni "MYu"ga o'tishga ko'ndirishga harakat qildim. Ammo buning uddasidan chiqa olmadik", — dedi niderlandiyalik mutaxassis The Athletic nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Frenki de Yong hozirda Kataloniyaning "Barselona" klubida to'p surmoqda.
Ten Xag 2022 yildan 2024 yilgacha "qizil iblislar" bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.
