logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ten Xag «Manchester Yunayted»ga Kerrikni iste'foga chiqarmaslikni tavsiya qildi

 20 OKTYABR, 2026, 14:06

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Tvente» klubida texnik direktor sifatida faoliyat yuritayotgan Erik ten Xag «qizil iblislar»ning amaldagi ustozi Maykl Kerrikka vaqt berish kerak, deb hisoblamoqda.

«Maykl Kerrikni ishdan bo'shatish — vaziyatdan chiqish yo'li emas. Bunga yuz foiz ishonaman.

Agar natijalar yaxshilanmasa, muxlislar uning iste'fosini talab qilishadi. Ammo bularning barchasi hissiyotlar bilan bog'liq. Oqilona qarorlar qabul qilish kerak.

Kerrik «Midlsbro»da ham, o'tgan mavsumda ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Shuning uchun unga shunchaki o'z ishini bajarishga imkon bering.

Menimcha, uning murabbiylar shtabi ham malakali mutaxassislardan tashkil topgan», — deya Ten Xagning so'zlarini keltiradi The Athletic nashri.

Ayni paytda «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ