Ten Xag: «Manchester Yunayted» Maktomineyni mening roziligimsiz sotib yubordi»
20 OKTYABR, 2026, 14:06
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag klub rahbariyati Skott Maktomineyni uning roziligisiz sotib yuborganini ma'lum qildi.
Niderlandiyalik mutaxassis shotlandiyalik yarim himoyachining transferiga qarshi bo'lganini, ammo rahbariyat baribir futbolchini sotishga qaror qilganini ta'kidladi.
«Mening hafsalam pir bo'lgandi. Skott Maktominayni sotmaslikni so'raganimda, biz bu borada kelishib olgandik.
Men jamoada gol uradigan futbolchilar etishmasligini aytganman. Skott esa gollar va samarali uzatmalar orqali jamoaga foyda keltirayotgandi.
«Manchester Yunayted» uning qonida bor. Mendan fikrimni so'rashganida, uning sotilishiga qarshi ekanimni bildirganman.
Ammo yakunda uni baribir sotib yuborishdi», — dedi ten Xag The Athletic nashriga bergan intervyusida.
Skott Maktominey «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shotlandiyalik yarim himoyachi 2024 yilda «Napoli» klubiga ko'chib o'tgan.
Erik ten Xag esa 2022–2024 yillarda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. U Angliya klubi bilan ikkita sovrinni qo'lga kiritgan.
