Simen: «Donnarumma dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo'ladi»
20 OKTYABR, 2026, 14:00
«Arsenal»ning afsonaviy sobiq darvozaboni Devid Simen besh yildan keyin dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo'lish imkoniyati yuqori bo'lgan futbolchini aytdi.
Uning fikricha, «Manchester Siti» posboni Janluiji Donnarumma kelajakda ushbu e'tirofga sazovor bo'lishi mumkin. Shuningdek, Simen «Arsenal» darvozaboni David Rayyani ham eng kuchlilar qatorida ko'rmoqda.
«Men Donnarummani tanlagan bo'lardim, chunki u atigi 27 yoshda. Bu aql bovar qilmaydigan holat, chunki u juda uzoq vaqtdan beri katta futbolda o'ynayotgandek tuyuladi.
U o'z jarima maydonida to'liq ustunlik qiladi», — dedi Simen.
Shu bilan birga, sobiq darvozabon David Rayyaning imkoniyatlarini ham past baholamaslikka chaqirdi.
«David Rayyani ham hisobdan chiqarmang, garchi u hatto Ispaniya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni bo'lmasa ham.
Unai Simon Rayyadan qaysi jihatlari bilan shunchalik ustun ekanini tushunmayman. Menimcha, bu shunchaki murabbiyning shaxsiy tanlovi», — deya qo'shimcha qildi u.
Bundan tashqari, Simen «Arsenal»ning 16 yoshli futbolchisi Maks Douman 2028 yilgi Evropa chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibidan joy olishi mumkinligini ta'kidladi.
«Uni futbol maydonida ko'rganingizda, katta yoshli futbolchidek taassurot qoldiradi», — dedi Simen.
Sobiq darvozabon, shuningdek, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning yosh futbolchiga berilayotgan o'yin vaqtini ehtiyotkorlik bilan boshqarayotganini yuqori baholadi.