Endrik «Real»ning asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashmoqda
20 OKTYABR, 2026, 13:54
Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik Ispaniya chempionatida «Sevilya»ga qarshi g'alabali uchrashuvda ilk bor jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Braziliyalik futbolchi bundan avval Chempionlar ligasida «Roma»ga qarshi bahsda zaxiradan o'yinga qo'shilib, yorqin harakatlari bilan yaxshi taassurot qoldirgan edi.
«Sevilya»ga qarshi uchrashuvda Endrik «Santyago Bernabeu» stadionida 69 daqiqa harakat qildi. U 11 ta uzatmani amalga oshirib, raqib darvozasi tomon uch marta zarba yo'lladi.
Yosh hujumchining asosiy tarkibdan joy olishi Joze Mourino unga ishonch bildirayotganini ko'rsatmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis Ispaniya chempionatida diskvalifikatsiya qilingan Vinisiusning o'rnini to'ldirish uchun hujum chizig'ida turli echimlarni sinab ko'rmoqda.
Kilian Mbappe va Jud Bellingem jamoaning asosiy tarkibidagi mustahkam o'rinlarini saqlab qolmoqda. Yan Diomande esa chap qanotdagi pozitsiyasini tobora mustahkamlamoqda.
O'ng qanotda esa asosiy tarkib uchun Endrik, Braim Dias va Karlos Espi o'rtasida raqobat davom etmoqda.
Braziliyalik futbolchi «Barselona»ga qarshi «El-Klasiko»da ham asosiy tarkibda maydonga tushishdan umidvor.
Biroq chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «Leyptsig»ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvda Endrikning zaxirada qolishi kutilmoqda.
Mourino ushbu bahsda Vinisiusni asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.
Murabbiyning maqsadi — braziliyalik vingerning La Ligadagi diskvalifikatsiyasi davomida uning o'yin amaliyotini saqlab qolish va motivatsiyasini yuqori darajada ushlab turish.
