logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Yuventus» futbolchisi jarohat oldi va uch haftaga safdan chiqdi

 20 OKTYABR, 2026, 13:54

«Yuventus» vingeri Fransishku Konseysau «Latsio»ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati sabab taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi.

Portugaliyalik futbolchi Italiya A Seriyasi doirasidagi bahsda chap elkasini chiqarib olgan.

Dushanba kuni ertalab Konseysau J|Medical tibbiyot markazida tekshiruvdan o'tdi. Tahlillar futbolchining elka bo'g'imi chiqqanini tasdiqladi.

«Yuventus» matbuot xizmati jarohat yuzasidan rasmiy bayonot e'lon qildi.

«Fransishku Konseysau «Latsio»ga qarshi uchrashuvda chap elkasidan jarohat olgani sabab bugun ertalab J|Medical tibbiyot markazida diagnostik tekshiruvlardan o'tdi.

Tekshiruvlar elka bo'g'imi chiqqanini ko'rsatdi. Bo'g'im o'yin bo'lib o'tgan kechaning o'zida joyiga solingan edi.

Futbolchi jarrohlik amaliyotisiz, konservativ usulda davolanadi. U musobaqalarga qaytish maqsadida tiklanish jarayonini allaqachon boshlagan», — deyiladi klub bayonotida.

Konseysauning taxminan uch hafta davomida maydonga tushmasligi kutilmoqda.

Portugaliyalik vinger xalqaro terma jamoalar o'yinlari uchun ajratilgan tanaffusdan so'ng safga qaytishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ