Shirer «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga nomzodni aytdi
20 OKTYABR, 2026, 13:48
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik iste'foga chiqarilgan taqdirda, uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislar haqida fikr bildirdi.
Shirer «Brayton» bosh murabbiyi Fabian Hyurtselerni mazkur lavozim uchun munosib nomzodlardan biri deb hisoblamoqda.
«Agar Kerrik vazifasidan ozod etilsa, Hyurtseler uning o'rniga yaxshi nomzod bo'lardi. Ammo «Brayton»dagi ishlash modeli butunlay boshqacha», — dedi Shirer Metro nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, sobiq futbolchi Eddi Xau va Antonio Konteni ham ehtimoliy nomzodlar qatorida tilga oldi.
Uning ta'kidlashicha, Maykl Kerrikka hozir ijobiy natijalar juda zarur.
«Manchester Yunayted» so'nggi turda «Lids Yunayted» bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Jamoa Angliya Premer-ligasining dastlabki ettita uchrashuvida atigi bitta g'alabaga erishdi.
Bu klubning 1986 yildan buyon mavsumdagi eng yomon starti hisoblanadi.
«Qizil iblislar» chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «Komo» mehmoni bo'lishadi.
Ayni paytda Fabian Hyurtseler boshchiligidagi «Brayton» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
