logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ»ning ikki futbolchisi jarohatdan tiklandi

 20 OKTYABR, 2026, 13:42

«Pari Sen-Jermen» Chempionlar ligasining 3-turida «Barselona»ga qarshi o'yin oldidan ikki futbolchisining safga qaytishi bilan bog'liq xushxabar oldi.

Magnes Akliush va Senni Mayulu jismoniy holati bilan bog'liq muammolardan to'liq tiklandi. Har ikki futbolchi ham Luis Enrikening uchrashuv qaydnomasidan joy olishga tayyor.

Diario AS nashri ma'lumotiga ko'ra, ular dushanba kuni jamoaning odatdagi mashg'ulotida hech qanday cheklovlarsiz ishtirok etgan. Bu mashg'ulot parijliklarning Chempionlar ligasi 3-turi oldidan so'nggi tayyorgarligi bo'ldi.

24 yoshli Akliush o'tgan yozda «PSJ»ga kelib qo'shilganidan buyon jamoaning qanotdagi muhim futbolchilaridan biriga aylandi.

20 yoshli Mayulu esa Vitinya, Fabian Ruis va Joau Nevesh bilan bir qatorda maydon markazida Luis Enrikega qo'shimcha imkoniyatlar taqdim etmoqda.

Qizig'i, har ikki futbolchi ham avval «Barselona» darvozasiga gol urgan.

Akliush 2024 yilning sentyabr oyida «Monako»ning kataloniyaliklar ustidan 2:1 hisobidagi g'alabasida gol muallifi bo'lgan. Mayulu esa 2025 yilning oktyabrida «PSJ»ning «Barselona»ga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan bahsida to'p kiritgan.

Har ikki futbolchining asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmayotgan bo'lsa-da, ularning safga qaytishi Luis Enrikening zaxira o'rindig'idagi imkoniyatlarini kengaytiradi.

Biroq parijliklar bosh murabbiyi himoya chizig'idagi muhim muammoni hal qilishiga to'g'ri keladi. Nunu Mendesh uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli «Barselona» vingeri Lamin Yamalga qarshi chap qanot himoyasida Lyuka Din, Lyuka Ernandes yoki Uorren Zair-Emeridan biri harakat qilishi mumkin.

«PSJ» va «Barselona» o'rtasidagi uchrashuv seshanba kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ