logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mbappe: «Ukamda buyuk futbolchi bo'lish uchun barcha imkoniyatlar bor»

 20 OKTYABR, 2026, 13:00

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiyaning «Lill» jamoasida to'p surayotgan ukasi Etan Mbappening imkoniyatlari va kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Etan mendan ko'ra ko'proq e'tirofga loyiq. U faoliyatimning boshida men duch kelmagan bosim ostida o'ynamoqda.

U hali o'zini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'lmasidanoq, odamlar uni baholashni boshlashgan.

Etanda ajoyib futbolchilik faoliyatini qurish uchun barcha imkoniyatlar bor», — dedi Kilian Mbappe Onze Mondial nashriga bergan intervyusida.

19 yoshli Etan Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, vingerning bozor qiymati 12 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ