logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ronaldu jarimaga tortilganidan so'ng ijtimoiy tarmoqda post e'lon qildi

 20 OKTYABR, 2026, 12:54

«An-Nasr» va Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan jarimaga tortilgani haqidagi xabardan so'ng ijtimoiy tarmoqda post e'lon qildi.

Portugaliya futbol federatsiyasi 41 yoshli futbolchini terma jamoa qarorgohini ruxsatsiz tark etgani uchun 255 evro miqdorida jarimaga tortgan edi.

Ronaldu klub formasida mashg'ulot o'tkazayotgan suratini joylashtirib, unga qisqacha izoh qoldirdi.

«Tinimsiz mehnat qilyapman», — deb yozdi hujumchi.

27 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi sardori UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Norvegiyaga qarshi o'tkazilgan va 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.

30 sentyabr kuni esa Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezushning matbuot anjumanidan so'ng terma jamoa qarorgohini tark etdi. Murabbiy o'sha anjumanda hujumchi 1 oktyabr kuni Daniyaga qarshi o'tkaziladigan uchrashuv tarkibiga kiritilmasligini aytgan edi. Mazkur bahs Portugaliyaning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Ommaviy axborot vositalari Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

6 oktyabr kuni futbolchi murabbiy tomonidan «ishonchga putur etkazilgani»ni ma'lum qildi, jamoadoshlari va muxlislardan uzr so'radi.

Shuningdek, Ronaldu ehtimoliy diskvalifikatsiya muddati tugaganidan so'ng milliy terma jamoaga qaytishga tayyor ekanini bildirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ