logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Betis»ning braziliyalik futbolchisi Evropaning uchta grandi e'tiboriga tushdi

 20 OKTYABR, 2026, 12:42

Ispaniyaning «Betis» klubi markaziy himoyachisi Natan 2027 yilda faoliyatini yanada nufuzli jamoada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 25 yoshli braziliyalik futbolchiga Angliya Premer-ligasining ikki yirik klubi — «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, «Barselona» ham himoyachini o'z safiga qo'shib olish uchun kurashishni rejalashtirmoqda.

Natan joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Braziliyalik futbolchining «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portali mutaxassislari Natanning bozor qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ