logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» va «Tottenxem» sobiq futbolchisi murabbiylik sohasida ish topishda qiynalmoqda

 20 OKTYABR, 2026, 12:42

«Tottenxem», «Liverpul» va Angliya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Stiven Koker ish topishda duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida ijtimoiy tarmoqda post e'lon qildi.

2025 yilning dekabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan 34 yoshli angliyalik mutaxassis ayni paytda murabbiy sifatida ish topishga harakat qilmoqda. Biroq hozircha unga hech qanday taklif kelib tushmagan.

«Ishsiz bo'lish — bu stress. Barcha zarur malakaga ega bo'lgan ish o'rinlariga ariza topshirib, hatto suhbatga ham taklif olmaslik og'riqli. Ammo bu vahimaga tushishim kerakligini anglatmaydi.

Uolt Disneyga 300 martadan ortiq rad javobi berilgan. Rad etilish aksariyat insonlar hayotining bir qismidir.

Men uchun eng qiyini — maqsadlarimga mos kelmaydigan ish takliflarini rad etish», — deb yozdi Koker.

Sobiq futbolchi kun tartibiga rioya qilish va ertalabki yugurish mashg'ulotlari unga xotirjamlikni saqlashda yordam berayotganini ham qo'shimcha qildi.

Koker faoliyati davomida «Tottenxem», «Suonsi», «Kardiff», «KPR» va «Liverpul» klublari safida Angliya Premer-ligasining 120 tadan ortiq uchrashuvida maydonga tushgan.

Shuningdek, u 2012 yilda Angliya milliy terma jamoasi tarkibida bitta o'yin o'tkazib, Shvetsiya darvozasiga gol urgan.

So'nggi yillarda Koker Turkiyaning «Konyaspor» klubida murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan. U 2026 yilning sentyabr oyida mazkur jamoani tark etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ