Teo Ernandesning sevgilisi: «Saudiya Arabistonida yashayotganimdan baxtiyorman»
20 OKTYABR, 2026, 12:36
«Al-Hilol» himoyachisi Teo Ernandesning sevgilisi Zoi Kristofoli Frantsiyada yuz berayotgan ommaviy tartibsizliklarga keskin munosabat bildirdi.
«Men Saudiya Arabistonida yashayotganimdan baxtiyorman. Bu erda birovning mol-mulkini o'g'irlasang, qo'lingni kesib tashlashadi. Agar kimgadir qasddan zarar etkazsang, seni ham xuddi shunday oqibat kutishini bilasan.
Avvaliga buni haddan tashqari shafqatsizlik deb o'ylardim. Endi esa ayrim hayvonsifat kimsalarni tinchlantirishning boshqa yo'li yo'q, deb hisoblayman. Bunday jirkanch mavjudotlarga nisbatan hech qanday engillashtiruvchi holat bo'lmasligi kerak. Shunchaki haydab yuborish lozim.
Men irqchi emasman va hech qachon irqchi bo'lmayman. Ammo hozir Italiya, Frantsiya va Evropaning boshqa mamlakatlarida kuzatilayotgan zo'ravonliklar hamda to'qnashuvlar tasvirlarini ko'rib, bugungi kunda sodir bo'layotgan voqealarni shunchaki izohlash bilan cheklanish juda oson, deb o'ylayman.
Zo'ravonlikni hech qachon oqlab bo'lmaydi.
Biroq faqat oqibatlarga e'tibor qaratish o'rniga, ehtimol, o'zimizga savol berishga jur'at topishimiz kerakdir: biz qanday qilib shu ahvolga kelib qoldik? Nima noto'g'ri ketdi? Ko'p yillar davomida nimalarni etarlicha baholamadik? Nega ayrim vaziyatlarni nazorat qilish shu qadar qiyinlashdi?» — dedi Kristofoli.
17 oktyabr kuni Frantsiyada yashash xarajatlarining oshishi va ta'lim tizimidagi muammolarga qarshi ommaviy namoyishlar bo'lib o'tdi.
Mamlakatning bir qator shaharlarida norozilik aktsiyalari politsiya bilan to'qnashuvlar va tartibsizliklarga aylanib ketdi.
Frantsiya rasmiylarining ma'lumotlariga ko'ra, tartibsizliklar davomida ikki mingdan ortiq kishi qo'lga olingan.
