logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Tottenxem» nihoyat APLdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

 20 OKTYABR, 2026, 12:30

«Tottenxem» Angliya Premer-ligasining joriy mavsumidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

7-tur doirasida Roberto de Dzerbi shogirdlari o'z maydonida Frenk Lempard boshqarayotgan «Koventri»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Bunga qadar «shporlar» chempionatning dastlabki olti turida biror marta ham g'alaba qozona olmagan edi. Londonliklar ushbu uchrashuvlarning uchtasida mag'lubiyatga uchragan, yana uchtasida durang qayd etgan.

«Koventri» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng «Tottenxem» ochkolari sonini 6 taga etkazib, APL turnir jadvalida 16-o'ringa ko'tarildi.


Chempionatning navbatdagi turida «Tottenxem» «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 24 oktyabr kuni «Stemford Brij» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ