logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Marmush ettinchi o'yinida «Tottenxem» uchun gol urishga muvaffaq bo'ldi

 20 OKTYABR, 2026, 12:30

«Tottenxem» hujumchisi Omar Marmush London klubi safidagi ilk golini urdi.

Misrlik futbolchi Angliya Premer-ligasining 7-turidan o'rin olgan «Koventri»ga qarshi uchrashuvning 58-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Unga golli uzatmani Endryu Robertson amalga oshirdi.

Marmush yozgi transfer oynasida «Manchester Siti»dan «Tottenxem»ga majburiy sotib olish sharti bilan ijara asosida o'tgan edi.

Kelishuvga ko'ra, transfer summasi 50 million funt sterling va qo'shimcha 10 million funt bonusni tashkil etadi.

«Koventri»ga qarshi bahs misrlik hujumchining «Tottenxem» tarkibidagi ettinchi uchrashuvi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ