«Manchester Yunayted» etakchilaridan biri «Barselona» e'tiboriga tushdi
20 OKTYABR, 2026, 12:24
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Lisandro Martines faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar argentinalik futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
«Barselona» rahbariyati kelasi yozda «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi nihoyasiga etadigan Martinesni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Biroq futbolchining amaldagi kelishuvida «qizil iblislar»ga shartnoma muddatini bir tomonlama tartibda yana bir yilga uzaytirish huquqini beruvchi band mavjudligi ta'kidlanmoqda.
28 yoshli Lisandro Martines joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
