Meddison: «Men «Tottenxem»ga sodiqman»
20 OKTYABR, 2026, 12:18
«Tottenxem» yarim himoyachisi Jeyms Meddison London klubiga sodiq ekanini ta'kidladi.
Angliya Premer-ligasining 7-turida «Tottenxem» o'z maydonida «Koventri»ni 3:1 hisobida mag'lub etib, joriy mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
Ushbu uchrashuvda gol urgan futbolchilardan biri Meddison bo'ldi. Yarim himoyachi golini nishonlash vaqtida klub emblemasini o'pdi.
«Men o'tgan yiliyoq «Tottenxem»ga sodiq ekanimni aytganman. Maydonga tusha olmagan davrimda klub meni qanchalik yaxshi ko'rishi va og'ir paytlarda qo'llab-quvvatlashini his qildim.
Men bu klubga hali ko'p narsa berishim kerak», — dedi Meddison Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.
