logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Barsa" de Yong o'rniga "Arsenal"da zaxirada qolib ketayotgan futbolchini tanladi

 20 OKTYABR, 2026, 10:30

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Futbolchiga La Liganing ikki grandi — "Real Madrid" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Teamtalk nashrining xabar berishicha, Ispaniya milliy terma jamoasi a'zosi ayni paytda "Arsenal"da rotatsiya futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shu bois uning kelajakda boshqa jamoaga o'tish ehtimoli istisno qilinmayapti.

Kataloniya klubi rahbariyati Subimendini niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Shu bilan birga, Madridning "Real" klubi ham 27 yoshli ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, Subimendining "qirollik klubi"ga o'tish ehtimoli "Barselona" variantiga nisbatan yuqoriroq baholanmoqda.

Transfermarkt portali yarim himoyachining hozirgi bozor qiymatini 65 million evroga baholagan.

Subimendining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Hozircha Ispaniya grandlarining futbolchi transferi bo'yicha rasmiy taklif yuborgani haqida ma'lumot yo'q.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ