logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Liverpul" ikkita yarim himoyachini nishonga oldi

 20 OKTYABR, 2026, 10:24

"Liverpul" yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida ikki futbolchining transferini ko'rib chiqmoqda. Mersisaydliklar e'tibor markazida "Bornmut" a'zosi Aleks Skott va "Monako" yarim himoyachisi Lamin Kamara turibdi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Liverpul" bosh murabbiyligiga Andoni Iraola tayinlanganidan keyin Aleks Skott klubning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan.

23 yoshli angliyalik futbolchi avvalroq "Bornmut"da ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida harakat qilgan. Iraola o'zining sobiq shogirdini yangi jamoasida ham ko'rishni istashi mumkin.

Biroq mazkur transfer katta mablag' talab qiladi. Manbaga ko'ra, Skottning "Liverpul"ga o'tishi taxminan 100 million funt sterlingga tushishi mumkin.

Shu bilan birga, futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar uchun nisbatan arzonroq variant sifatida "Monako"ning senegallik yarim himoyachisi Lamin Kamara ko'rilmoqda.

Kamara o'tgan yozda "Chelsi"ga o'tishga juda yaqin kelgan edi. Biroq muzokaralarning yakuniy bosqichida "Monako" rahbariyati transferni amalga oshirishdan bosh tortgan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Aleks Skottning bozor qiymati 70 million evroni, Lamin Kamaraniki esa 55 million evroni tashkil etmoqda.

Ayni paytda "Liverpul" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Mersisaydliklar peshqadam "Manchester Siti"dan to'qqiz ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ