logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Turkiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi ma'lum bo'ldi

 20 OKTYABR, 2026, 10:18

Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga mahalliy mutaxassis Sergen Yalchin tayinlanishi mumkin. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashgan.

Taniqli insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, Turkiya futbol federatsiyasi Yalchin bilan 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar amal qiladigan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Mutaxassisning so'nggi ish joyi "Beshiktash" klubi bo'lgan. U joriy yilning may oyida Istanbul jamoasini tark etgan edi.

Yalchin "Beshiktosh"dagi faoliyati davomida jamoani bir marta Turkiya chempionligiga va bir marta mamlakat kubogi g'olibligiga olib chiqqan.

Shuningdek, turkiyalik murabbiy faoliyati davomida "Antalyaspor", "Malatyaspor", "Alanyaspor", "Konyaspor", "Eskishehirspor", "Kayserispor", "Gaziantepspor" va "Sivasspor" kabi klublarda ham ishlagan.

Qizig'i, Nikolo Skira avvalroq Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga Arda Turan tayinlanishi haqida xabar tarqatgan, ammo keyinchalik ushbu ma'lumotni o'z sahifasidan o'chirib tashlagan.

Eslatib o'tamiz, Turkiya milliy terma jamoasini bunga qadar italiyalik mutaxassis Vinchentso Montella boshqarib kelgan. Qoniqarsiz natijalar sabab federatsiya u bilan hamkorlikni to'xtatgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ