logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sheringem Ronaldu murabbiylik qilishi mumkin bo'lgan yagona jamoani aytdi

 20 OKTYABR, 2026, 10:12

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Teddi Sheringem Krishtianu Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiylik sohasiga o'tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Angliyalik sobiq futbolchining hisoblashicha, Ronalduning kelajakda murabbiy sifatida ish boshlashi ehtimoli yuqori emas. Biroq uni qiziqtirishi mumkin bo'lgan bitta variant mavjud.

"Men Ronalduni haftasiga etti kun, kuniga 24 soat ishlaydigan murabbiy sifatida tasavvur qila olmayman.

Nazarimda, uni murabbiylikka qiziqtirishi mumkin bo'lgan yagona variant — Portugaliya milliy terma jamoasini boshqarish", — deya Sheringemning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Ayni paytda 41 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida to'p surmoqda. Portugaliyalik yulduz 2023 yildan buyon mazkur jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.

Tajribali hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Ronalduning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Hozircha portugaliyalik futbolchi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shug'ullanish niyati borligi haqida rasmiy bayonot bermagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ