logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Merson «Arsenal»ning o'zgargan uslubi haqida gapirdi

 20 OKTYABR, 2026, 09:48

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Pol Merson Mikel Arteta boshqarayotgan jamoaning o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Brayton»dan 0:3 hisobidagi mag'lubiyat “Arsenal”ni qo'rqitib qo'ydi. Chempionlikni qo'lga kiritgach, jamoa tomoshabop futbol namoyish eta boshlagandi. Ammo shundan keyingi mag'lubiyatdan so'ng “kanonirlar” yana samaradorlikka asoslangan mashinaga aylandi.

Ular o'zlariga xos o'yin uslubiga qaytishdi. Bu uslubning mohiyati — o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormaslik va shu bilan birga raqib darvozasini ishg'ol etish uchun kamroq imkoniyat yaratish. “Nottingem Forest”ga qarshi o'yinda (1:0) aynan shuni amalga oshirishdi.

Menimcha, to'pga shunchalik uzoq vaqt egalik qilgan, biroq gol urish uchun mutlaqo imkoniyat yarata olmagan jamoani hali ko'rmaganman.

Bu shunchaki aql bovar qilmas holat: to'pni uzoq vaqt nazorat qilish va shu bilan birga gol urishga hatto yaqin ham kelmaslik. Arsen Venger boshqargan jamoalarni eslab ko'ring. Bunday o'yin ustunligiga ega bo'lganida, ular raqib darvozasi tomon 30 tagacha zarba yo'llashardi», — dedi Pol Merson.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ