Pedri: "Hujum uchida o'ynab, jamoaga hissa qo'sha oladigan futbolchilarimiz ko'p"
20 OKTYABR, 2026, 09:42
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri jamoaga shunchalik ko'p gol urish imkonini berayotgan omillar haqida gapirdi.Hans-Diter Flik shogirdlari joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida o'tkazilgan 11 ta uchrashuvda 48 ta gol urishdi. E'tiborlisi, «ko'k-anorranglilar» aksariyat o'yinlarda sof markaziy hujumchisiz harakat qilmoqda.
«Hujum uchida o'ynab, jamoaga hissa qo'sha oladigan futbolchilarimiz ko'p. Biz shunchalik ko'p vaziyatlar yaratamizki, ertami-kechmi ulardan biri albatta gol bilan yakunlanadi», — dedi Pedri matbuot anjumanida.
