Mbappe: "Faoliyatim davomida biror marta zerikarli yilni boshdan kechirmaganman"
20 OKTYABR, 2026, 09:34
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe hozirgi paytgacha bo'lgan faoliyatiga baho berdi.«Faoliyatimni qanday baholayman? 10 balldan 10 ball! Futbolchilik faoliyati — muvaffaqiyatlar va omadsizliklarga boy yo'l. Qo'lga kiritilgan sovrinlar ham, boy berilgan titullar ham bor. Odamlar bu narsalarga juda katta ahamiyat berishadi, ammo men uchun gollar urish va kuboklarni yutish eng muhimi emas.
Gap shundaki, futboldagi 10–11 yillik faoliyatim davomida biror marta zerikarli yilni boshdan kechirmaganman.
Hech narsani o'z-o'zidan bo'lishi kerakdek qabul qilmaganman, oddiy holdek qaramaganman. O'ylaymanki, faoliyatim davomida turli keskin holatlarni boshdan kechirganimni hamma tushunadi: ajoyib yuksalishlar ham, og'riqli mag'lubiyatlar ham bo'lgan.
Ammo men har bir tajribani chuqur his qilib yashadim va bor kuchimni sarfladim», — dedi Mbappe Onze Mondial nashriga bergan intervyusida.
Manba: stadion.uz
