APL. «Tottenxem» «Koventri»dan ustun keldi (Videosharh)
20 OKTYABR, 2026, 09:06
Angliya Premer-ligasining 7-turidan o'rin olgan uchrashuvda «Tottenxem» o'z maydonida «Koventri Siti»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Londonliklar safida Jeyms Meddison, Omar Marmush va Ben Devis raqib darvozasini ishg'ol qildi. Mehmonlarning yagona goliga esa Jek Rudoni mualliflik qildi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Tottenxem» ochkolari sonini 6 taga etkazib, turnir jadvalida 16-pog'onani egalladi. Xuddi shuncha ochko to'plagan «Koventri Siti» esa 17-o'rindan joy olgan.
Premer-liganing navbatdagi turida «Tottenxem» 24 oktyabr kuni safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi. «Koventri Siti» esa shu kuni o'z maydonida «Fulxem»ni qabul qiladi.
