logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«MYu» va «Liverpul» Bundesliga yulduzini o'z safiga qo'shib olmoqchi

 20 OKTYABR, 2026, 09:06

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliyaning ikki grandi — «Manchester Yunayted» va «Liverpul» e'tiboriga tushgan. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, mankunianliklar qishki transfer oynasi oldidan tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganib, 26 yoshli germaniyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.

«Liverpul» esa Nmechani «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottga muqobil variant sifatida ko'rmoqda. Agar mersisaydliklar Skottni qo'lga kirita olmasa, asosiy e'tiborini «Borussiya» futbolchisiga qaratishi mumkin.

Gamburgda tug'ilgan va o'n yildan ortiq vaqt davomida «Manchester Siti» akademiyasida tarbiyalangan Nmecha dortmundliklar bilan shartnomasini 2030 yilning iyuniga qadar uzaytirgan.

«Borussiya» o'z futbolchisini sotish masalasida qat'iy pozitsiyada turibdi. Nmechaning shartnomasida yanvar oyida faollashtirish mumkin bo'lgan tovon puli bandi mavjud emas. Uni 80 million evroga sotib olish imkoniyati faqat 2027 yil yozidan kuchga kiradi.

Hozirda nemis klubi yarim himoyachisini 90 milliondan 99,9 million evrogacha baholamoqda. «Borussiya» sport direktori Ole Buk ham avvalroq Nmechaning sotilishi ehtimoli juda past ekanini ta'kidlagan edi.

Futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar faqat «Manchester Yunayted» va «Liverpul» bilan cheklanmaydi. Avvalroq «Chelsi», «Tottenxem», «Nyukasl», «Manchester Siti» va «Arsenal» ham uning o'yinlarini kuzatib borgan.

Nmecha 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ