logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ» — «Barselona»: Tahlilchilar jamoalarning imkoniyatiga baho berdi

 20 OKTYABR, 2026, 08:54

Bugun, 20 oktyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida Evropaning ikki grandi — «PSJ» va «Barselona» o'zaro to'qnash keladi.

Parijda bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan tahlilchilar jamoalarning g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholashdi. Qizig'i, ular mazkur qarama-qarshilikda yaqqol favoritni aniqlay olishmadi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, «PSJ»ning g'alaba qozonish ehtimoli 38,9 foizni tashkil etmoqda. «Barselona»ning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati ham aynan 38,9 foizga baholangan. Uchrashuv durang bilan yakunlanishi ehtimoli esa 22,2 foizga teng.

Eslatib o'tamiz, jamoalar so'nggi bor 2025 yilning 1 oktyabrida o'zaro kuch sinashgan. O'shanda Parij klubi kataloniyaliklarni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.

«PSJ» — «Barselona» uchrashuvi bugun, 20 oktyabrdan 21 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ