logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UEFA «Barselona»dan «PSJ»ga qarshi eski libosida o'ynashni so'radi

 20 OKTYABR, 2026, 08:48

«Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvda joriy mavsum uchun tayyorlangan liboslaridan foydalanmaydi.

The Touchline nashri TV3 telekanali ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, UEFA kataloniyaliklardan 2025/26 yilgi mavsumdagi to'q sariq rangli formasida maydonga tushishni so'ragan.

Bunday qarorga jamoalar liboslarining ranglari bilan bog'liq ehtimoliy muammo sabab bo'lgan. «Barselona»ning joriy mavsumdagi uchala libos to'plami ham «PSJ»ning uy formasiga televizion translyatsiyaning umumiy kadrlarida o'xshab ketishi mumkin.

Bu esa tomoshabinlarga maydondagi futbolchilarni bir-biridan ajratishda qiyinchilik tug'dirishi ehtimolini yuzaga keltirgan. Shu sababli Evropa futbol ittifoqi kataloniyaliklarga o'tgan mavsumdagi to'q sariq libosdan foydalanishni taklif etgan.

Eslatib o'tamiz, «PSJ» va «Barselona» o'rtasidagi uchrashuv 20 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Har ikki jamoa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki ikki turida oltitadan ochko jamg'argan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ