Flik «PSJ» — «Barselona» o'yinida g'alabani hal qiladigan asosiy omilni aytdi
20 OKTYABR, 2026, 08:42
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi doirasida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvda maydon markazidagi kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Germaniyalik mutaxassisning fikricha, har ikki jamoa ham yuqori saviyali yarim himoyachilarga ega. Shu bois to'p nazoratini qo'lga kiritish va raqibga imkoniyat bermaslik g'alaba uchun asosiy omillardan biri bo'ladi.
«Uchrashuv taqdirini hal qiladigan asosiy jihat yarim himoyadagi kurash bo'ladi. Har ikki jamoaning ham maydon markazida ajoyib futbolchilari bor.
Agar biz to'pni o'z nazoratimizda ushlab tursak, raqib darvozamizga gol ura olmaydi.
Eng muhimi, xatolarga yo'l qo'ymaslik. Chunki «PSJ» juda aniq va samarali harakat qiladigan jamoa.
Shu sababli butun uchrashuv davomida diqqatimizni maksimal darajada jamlashimiz kerak», — dedi Flik matbuot anjumanida.
«PSJ» va «Barselona» o'rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-tur uchrashuvi 20 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
