logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Flik: «Barselona» bilan faxrlanish uchun etarlicha sabablar bor»

 20 OKTYABR, 2026, 08:30

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining joriy mavsumdagi natijalaridan mamnun ekanini bildirib, futbolchilarining mehnati va g'alabaga bo'lgan intilishini yuqori baholadi.

Kataloniyaliklar 2026/27 yilgi mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. «Ko'k-anorranglilar» hozirga qadar barcha musobaqalar doirasida o'tkazgan 11 ta rasmiy uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan.

Endi Flik shogirdlarini Chempionlar ligasida jiddiy sinov kutmoqda. «Barselona» Parijda «PSJ» mehmoni bo'ladi. Frantsiya klubi kataloniyaliklarning g'alabali seriyasiga barham berishga harakat qiladi.

Uchrashuv oldidan Flik jamoadagi muhit va futbolchilarning o'yini haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Men «Barselona»da bosib o'tayotgan yo'limizdan katta zavq olyapman. Jamoamiz namoyish etayotgan mehnatsevarlik va ruhiy tayyorgarlik menga faxrlanish uchun asos bermoqda.

So'nggi vaqtlarda futbolchilarimiz haqiqatan ham aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirishmoqda», — deya Flikning so'zlarini keltiradi taniqli jurnalist Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, «PSJ» va «Barselona» o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 20 oktyabrdan 21 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ