Vitinya «PSJ» — «Barselona» o'yinini bo'lajak finalning repetitsiyasi deb hisoblaydimi?
20 OKTYABR, 2026, 08:24
«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Vitinya Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
Portugaliyalik futbolchidan matbuot anjumanida Parijdagi qarama-qarshilikni musobaqaning bo'lajak finaliga tayyorgarlik sifatida baholash mumkinmi, deb so'rashdi.
Vitinyaning ta'kidlashicha, hozirdanoq finalda qaysi jamoalar ishtirok etishini taxmin qilishga erta. Chunki mavsum davomida klublarning holati va o'yin saviyasi sezilarli darajada o'zgarishi mumkin.
«Bu bo'lajak finalning repetitsiyasimi? Bunday xulosaga kelish uchun hali juda erta. Hozir endi oktyabr oyi. Mavsum davomida ko'p narsa o'zgarishi mumkinligini yaxshi bilamiz.
Jamoalarning hozirgi holati mart oyidagi vaziyatdan butunlay farq qilishi mumkin.
Albatta, «Barselona»ga qarshi uchrashuv juda katta qiziqish uyg'otadi. Aytish mumkinki, bu Evropaning eng kuchli jamoalari o'rtasidagi to'qnashuv bo'ladi.
Shu bilan birga, «Bavariya»ni ham unutmaslik kerak. Myunxenliklar ham Chempionlar ligasida asosiy da'vogarlar qatorida bo'lishga munosib», — dedi Vitinya matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, «PSJ» va «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida o'zaro kuch sinashadi.
Parijdagi uchrashuv 20 oktyabrdan 21 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
