ZO‘R TV bugun Chempionlar ligasining ikkita o'yinini jonli efirda namoyish etadi
20 OKTYABR, 2026, 08:12
Bugun, 20 oktyabr kuni UEFA Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 3-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv O'zbekistonda ZO‘R TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.
Telekanalning rasmiy dasturiga ko'ra, futbol muxlislari dastlab Ozarbayjonning «Sabah» hamda Germaniyaning «Borussiya» Dortmund klublari o'rtasidagi bahsni tomosha qilishlari mumkin. Ushbu uchrashuv soat 21:35 dan boshlab jonli efirda namoyish etiladi.
Shuningdek, 21 oktyabrga o'tar kechasi Frantsiyaning «PSJ» hamda Ispaniyaning «Barselona» jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik ham ZO‘R TV efirida ko'rsatiladi.

