logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Totti: «Gasperinining mashg'ulotlari meni qo'rqita olmasdi»

 20 OKTYABR, 2026, 08:06

«Roma» afsonasi Franchesko Totti Rim klubining amaldagi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini qo'l ostida to'p surish imkoniyati bo'lganida, bundan mamnun bo'lishini ma'lum qildi.

Jahon chempioni Gasperinining mashg'ulotlari o'ta og'irligi va futbolchilardan katta jismoniy tayyorgarlik talab qilishini yaxshi bilishini, biroq bunday yuklamalar uni cho'chitmasligini ta'kidladi.

«Men Gasperini qo'l ostida o'ynashdan xursand bo'lardim. Uning mashg'ulot usullari juda qattiqqo'l ekanini, futbolchilarni ancha holdan toydirishini bilaman.

Ammo Zdenek Zeman bilan ishlaganimdan keyin, o'ylashimcha, meni endi hech narsa qo'rqita olmaydi», — deya Tottining so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.

Ma'lumot uchun, Totti sentyabr oyi oxirida 50 yoshni qarshi oldi. Butun faoliyatini «Roma»ga bag'ishlagan afsonaviy futbolchi 2017 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Totti tilga olgan chexiyalik mutaxassis Zdenek Zeman 1997–1999 hamda 2012–2013 yillarda «Roma» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. U futbolchilarga qo'yadigan yuqori jismoniy talablari va og'ir mashg'ulotlari bilan tanilgan.

Jan Pero Gasperini esa 2025 yil yozida Rim klubi boshqaruvini o'z qo'liga olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ