logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» himoyachisi «PSJ»ga qarshi bahsga qadar tiklanishga ulguradi

 20 OKTYABR, 2026, 08:06

«Barselona» himoyachisi Jerar Martin Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi o'tkaziladigan muhim uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Sport nashrining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchining jarohatidan tiklanish jarayoni ijobiy kechmoqda. U dushanba kuni jamoaviy mashg'ulotlarda hech qanday muammosiz ishtirok etgan.

Martin shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida «Betis»ga qarshi o'tkazilgan bahsda kuchli zarba qabul qilib olgan va shu sababli tanaffusda almashtirilgan edi.

Himoyachi hozircha ma'lum darajada og'riq va noqulaylik his qilayotgan bo'lsa-da, uning jismoniy holati tez sur'atlarda yaxshilanmoqda.

Shu bois «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ispaniyalik futbolchini Parijdagi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirishi ehtimoli ortib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, «PSJ» va «Barselona» o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi bugun, 20 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ