logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» APLdan 60 million evrodan qimmatroq futbolchini sotib olmoqchi

 20 OKTYABR, 2026, 08:00

«Barselona» Angliya Premer-ligasida to'p surayotgan «Aston Villa» klubining shveytsariyalik yarim himoyachisi Yoxan Manzambini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.

Sport nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar skautlari 21 yoshli futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ayniqsa, Manzambining Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki «ko'k-anorranglilar» e'tiborini tortgan.

«Barselona» rahbariyati istiqbolli yarim himoyachini kelasi yozda transfer qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq kelishuvni amalga oshirishda asosiy to'siq futbolchining yuqori transfer narxi bo'lishi mumkin.

Gap shundaki, «Aston Villa» joriy yilning iyul oyida Manzambini Germaniyaning «Frayburg» klubidan 60 million evroga sotib olgan. Shu bois birmingemliklar uning transferi uchun mazkur summadan ancha yuqori mablag' talab qilishi kutilmoqda.

Moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olganda, «Barselona» shveytsariyalik futbolchi uchun kurashga kirishishdan avval o'z tarkibidagi o'yinchilardan birini katta mablag' evaziga sotishiga to'g'ri kelishi mumkin.

Shu bilan birga, Manzambiga Myunxenning «Bavariya» klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Bu esa yozgi transfer oynasida 21 yoshli yarim himoyachi uchun raqobat kuchayishi mumkinligini anglatadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ