logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Flik: "So'nggi ikki yildagi dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynaymiz"

 20 OKTYABR, 2026, 03:34

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasida "PSJ"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan Parij klubini so'nggi ikki yildagi dunyoning eng kuchli jamoasi deb atadi.

Nemis mutaxassisning ta'kidlashicha, kataloniyaliklar uchun bu bahs o'z imkoniyatlarini yuqori saviyadagi raqibga qarshi sinab ko'rish imkoniyati bo'ladi.

"Ertaga bizni jiddiy sinov kutayotganini yaxshi tushunib turibmiz. Jamoam ishonch bilan harakat qilishini xohlayman. Axir biz ketma-ket 11 ta uchrashuvda g'alaba qozonganmiz.

Oldimizda so'nggi ikki yilda dunyoning eng kuchli jamoasi bo'lgan, desak mubolag'a bo'lmaydigan raqib turibdi. Bu biz uchun ajoyib imkoniyat", — dedi Flik matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 2026/2027 yilgi mavsumda o'tkazgan barcha 11 ta uchrashuvida g'alaba qozongan.

"PSJ" esa Chempionlar ligasining so'nggi ikki mavsumida bosh sovrinni qo'lga kiritgan. Parijliklar finallarda "Inter" va "Arsenal"ni mag'lub etishgan.

"PSJ" va "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 20 oktyabr kuni Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ